JSST koronavirusni davolash uchun yana bir preparatni tasdiqladi 

Olam

image

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) revmatoid artritni davolash uchun mo‘ljallangan dori —totsilizumabni COVID-19 bilan kasallangan bemorlar uchun tavsiya etilgan dorilar ro‘yxatiga qo‘shdi.  

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, klinik tadqiqotlar shuni ko‘rsatganki, tomir ichiga totsilizumab yuborish COVID-19 ning og‘ir turi bilan kasallangan bemorlarda o‘limni kamaytiradi. Bundan tashqari, preparat “bemorlarning shifoxonada o‘tkazadigan vaqtini qisqartirishga” yordam beradi. 

JSST totsilizumab bilan davolashni faqat og‘ir bemorlarga tavsiya qiladi. JSST preparatni oldindan kvalifikatsiya qilish qarorini COVID-19 uchun turli xil davolash usullaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirishga intilish bilan izohlagan.

Tashkilot oltita dori, shu jumladan totsilizumabning uchta shaklini oldindan kvalifikatsiya qilishni ma’qullagan. Barcha uch tur Shveysariyaning Roche kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladi.

JSSTga ko‘ra, totsilizumab hozirda kamyob va juda qimmat — har bir doza uchun taxminan 500-600 dollar turadi. Biroq, dori vositalariga talab ortishi va bozorga ko‘proq ishlab chiqaruvchilar kirishi sababli narxlar tushishi ham mumkin.

JSST allaqachon Roche bilan narxlarni pasaytirish hamda past va o‘rta daromadli mamlakatlarga dori vositalarining kiritilishini yaxshilash bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

JSST koronavirus

Baholaganlar

97

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing