JSST koronavirusga qarshi oltinchi vaksinani tasdiqladi

Salomatlik

image

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Xitoyning Sinopharm kompaniyasi ishlab chiqqan koronavirusga qarshi vaksinadan favqulodda foydalanishga ruxsat berdi. Bu haqda JSST direktori Tedros Adxanom Gebreyesus ma’lum qildi.

“JSST Sinopharm vaksinasini favqulodda qo‘llashga tavsiya qilingan preparatlar ro‘yxatiga kiritdi”, degan u.

U JSST tomonidan xavfsiz, samarali va sifatli deb topilgan  koronavirusga qarshi oltinchi vaksina bo‘ldi.

30 aprel kuni Moderna vaksinasi JSST ro‘yxatiga kiritilgandi. Bungacha Pfizer/BioNTech, Janssen va AstraZeneca’ning ikkita vaksinasi tavsiya qilingan preparatlar ro‘yxatiga kiritilgandi.

Sinopharm vaksinasi bugungacha 45 ta davlatda ma’qullangan. Preparat uchinchi bosqich klinik sinovlarda 78,1 foiz samara ko‘rsatgan. Vaksinadan keyin emlangan joyda og‘riq, bosh og‘rig‘i va xolsizlik kuzatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

vaktsina

Baholaganlar

133

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing