JSST koronavirusga qarshi kurashda mamlakatlarning asosiy xatosini ma’lum qildi
Olam
−
12 mart 2021
6474Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda mamlakatlarning asosiy xatosi faqat vaksinalarga ishonib qolishdir. Bu haqda JSST rasmiy vakili Tarik Yazarevich aytgan.
"Aholi salomatligini ta’minlash bo‘yicha asosiy chora-tadbirlar epidemiyaga qarshi kurashning asosi bo‘lib qolmoqda: ularni kuchaytirish kerak", degan Yazarevich.
Avvalroq, JSST Bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesus koronavirus pandemiyasi oqibatlari ayollarga erkaklarga qaraganda ko‘proq ta’sir qilganini aytgandi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, butun dunyoda shu paytgacha 119 mln 116 ming 819 kishi koronavirus yuqtirgan. 2 mln 641 ming 763 kishi kasallik qurboni bo‘lgan.
LiveBarchasi