JSST: Koronavirus pandemiyasining ikkinchi yili og‘irroq bo‘lishi mumkin

Olam

image

Koronavirus pandemiyasining ikkinchi yili birinchi yiliga qaraganda qiyinroq kechishi mumkin. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining favqulodda vaziyatlar dasturi direktori Maykl Rayan ma’lumot bergan. 

"Biz pandemiyaning ikkinchi yiliga kirib kelmoqdamiz va u koronavirus tarqalishi dinamikasi hamda biz ko‘rib turgan ba’zi muammolarni hisobga olgan holda, yanada qiyinroq bo‘lishi mumkin", degan u. 

Rayanning ta’kidlashicha, so‘nggi ikki hafta ichida JSST tomonidan olingan ma’lumotlar kasallik yana avjiga chiqqanini ko‘rsatmoqda.

Unga ko‘ra, Shimoliy yarimsharda, ayniqsa Yevropa va Shimoliy Amerikada "mukammal bo‘ron" mavjud. 

Rayanga ko‘ra, infeksiya tarqalishining ortishiga sovuq havo, yopiq joylarda odamlarning yig‘ilishi, shuningdek koronavirusning yangi turlari paydo bo‘lishi sabab bo‘lmoqda. 

Dunyo bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlar soni 92 milliondan oshgan va deyarli 2 million kishi vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

299

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing