JSST: koronavirus ko‘rshapalaklardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarqalmagan
Olam
−
09 fevral 2021
9314Yangi koronavirus infeksiyasi Xitoyning Uxan shahridagi bozorda ko‘rshapalaklardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarqalgan bo‘lishi ehtimoldan yiroq, oraliq virus tashuvchisi ham bo‘lgan. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti xalqaro ekspertlar guruhi rahbari Piter Ben Embarek bugun, 9 fevral kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida gapirgan.
"Uxan ko‘rshapalaklar yashaydigan hududdan uzoqdaligi sababli, shaharda ulardan koronavirusning to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuqishi mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi", degan mutaxassis.
Hozirgi vaqtda olimlar oraliq tashuvchini aniqlash ustida ish olib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, JSST mutaxassislari 14 yanvar kuni Uxanga yetib kelgan. JSST missiyasi tarkibiga Rossiya, Avstraliya, Daniya, Germaniya, Keniya, Yaponiya, Gollandiya, Qatar, Sudan, Buyuk Britaniya, AQSH va Vetnamdan kelgan mutaxassislar hamda ularning Xitoydagi hamkasblari kiradi.
Ma’lumot uchun, koronavirus “o‘chog‘i” bo‘lgan Xitoyning Uxan shahrida COVID-19 epidemiyasi 2019 yilning dekabr oyida boshlangan edi.
LiveBarchasi