JSST koronavirus bilan bog‘liq vaziyat qayta og‘irlashgan davlatlar nomini oshkor etdi

Olam

image

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) mutaxassislari karantin choralari kuchayayotgan bir paytda koronavirus infeksiyasining yangi o‘choqlari paydo bo‘lganini ma’lum qildi.

JSSTning Yevropa mintaqaviy byurosi direktori Xans Klyuge, 11 mamlakatda, shu jumladan, Moldova, Armaniston va Shvetsiyada kasalliklarning sezilarli o‘sishi qayd etilganini aytdi.

Klyuge matbuot anjumanida shunday dedi: "So‘nggi ikki hafta ichida 30 mamlakatda yangi holatlar soni ko‘paydi. 11 mamlakatda virusning tarqalishi juda tezlashdi va u yerlarda yangi o‘choqlar paydo bo‘la boshladi. Agar bu nazorat qilinmasa, sog‘liqni saqlash tizimini yana og‘ir ahvolga keltirib qo‘yish mumkin".

Byuro rahbari ta’kidlaganidek, JSST ikkinchi bor avj olish ehtimoli haqida ogohlantirdi. "Ba’zi Yevropa mamlakatlarida bu xavf haqiqatga aylandi...", deyiladi tashkilot bayonotida.

JSST kasallik qaytadan ko‘paygan davlatlari ro‘yxatiga Albaniya, Bosniya va Gersegovina, Qirg‘iziston, Ukraina, Kosovo, Ozarbayjon, Shimoliy Makedoniya hamda Qozog‘iston ham kiritilgan.

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, Yevropada har kuni koronavirusdan 700 dan ortiq kishi hayotdan ko‘z yummoqda.
 


Maqola muallifi

Teglar

JSST koronavirus

Baholaganlar

369

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing