JSST karantin masalasida davlatlarga murojaat qildi
Olam
−
17 avgust 2020
13336Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining bosh epidemiologi Mariya Van Kerkxove COVID-19 kasalligining ikkinchi va boshqa to‘lqinlarida karantin joriy qilib bo‘lmasligini ma’lum qildi. Bu haqda u “The Telegraph” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Pandemiya boshida JSST barcha davlatlarga karantin cheklovi o‘rnatishni tavsiya qilgandi, bu koronavirus tarqalishining oldini olishi kerak edi.
JSST avval karantin o‘rnatish kerakligiga chaqirganiga qaramay, endi bunday chora ko‘rish to‘g‘ri emasligini aytmoqda.
Bunday karantin cheklovining iqtisodiy zarari tibbiy nuqtai nazardan erishilgan yutuqdan anchagina ko‘p bo‘ladi. Niqob taqish va ijtimoiy masofani saqlash yetarli chora bo‘lishi ta’kidlandi.
Mutaxassislar maktablarni karantinda yopish “avlodlar fojiasi” bo‘ladi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, o‘rnatilgan cheklovlar sabab saraton o‘smasi, infarkt, insult kasalligi jilovi qo‘ldan chiqarilgan.
Qayd etilishicha, karantin yuzlab og‘ir kasalliklar, tushkunlik, stress, ishsizlik, ijtimoiy muammolarning klib chiqishiga turtki bo‘lish mumkin.
LiveBarchasi