JSST dunyoni Yamanga yordam berishga chaqirdi

Olam

image

To‘qqiz yillik mojarolar Yamanning 31,5 million aholisining uchdan ikki qismini insonparvarlik va himoya xizmatlariga o‘ta muhtoj qilib qo‘ydi. Ayni paytda 13 millionga yaqin odamga shoshilinch gumanitar tibbiy yordam zarur. JSST shifokori Yaman unutilgan gumanitar inqirozga aylanishidan ogohlantirdi. 

JSSTning Yaman sog‘liqni saqlash bo‘yicha favqulodda guruhi rahbari, shifokor Annet Xaynzelman BMT matbuot anjumanida so‘nggi siyosiy muzokaralar Yamanda uzoq muddatli tinchlikka erishish mumkinligiga yangi umid uyg‘otganini ta’kidlagan.

“Shunga qaramay, mamlakatning zaif sog‘liqni saqlash tizimi tanazzulga yaqinlashmoqda. Xalqaro donorlarning mablag‘lari mamlakatdagi sog‘liqni saqlash xizmatlarining yaxshilanishi uchun yetarli bo‘lmayapti”, deydi u.

Xaynzelmanning aytishicha, 5 yoshgacha bo‘lgan 540 000 yamanlik bolalar to‘yib ovqatlanmaslik oqibatida nobud bo‘lishi mumkin.

Bundan tashqari, butun mamlakat bo‘ylab sog‘liqni saqlash muassasalarining 46 foizi xodimlar, mablag‘lar, elektr energiyasi yoki dori-darmonlar yetishmasligi tufayli to‘liq xizmat ko‘rsata olmaydi.

1 aprel holatiga ko‘ra, BMT va nodavlat notijorat tashkilotlaridan iborat Yaman sog‘liqni saqlash klasteri 12,9 million eng zaif odamlarga shoshilinch va hayotni saqlab qolish uchun zarur bo‘lgan 392 million dollarning atigi 62 million dollarini yoki 16 foizini olgan. 

“Kasalliklarning avj olishi, xususan, qizamiq, difteriya, dang, vabo va poliomiyelit Yamanda chuqurlashib borayotgan sog‘liqni saqlash inqirozini tezlashtirmoqda”, deydi BMT shifokori.

Ma’lumot uchun, Yamanda 2014 yilda Eronga qo‘shilgan xutiy isyonchilar mamlakatning ko‘p qismini, jumladan, poytaxt Sanani qo‘lga kiritganidan beri zo‘ravonlik va beqarorlik hukm surmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

JSST Yaman

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing