JSST: dunyoda koronavirusdan kasallanish va o‘lim “plato” bosqichiga chiqdi
Olam
−
11 may 2021
7256Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesus dunyo bo‘ylab koronavirus bilan kasallanish va o‘lim "plato" (tekislik) bosqichiga yetganini ma’lum qildi.
"Jahon miqyosida COVID-19 holatlari va o‘lim "plato"ga yetganini ko‘ryapmiz. Biroq, bu noma’qul bo‘lgan baland "plato": o‘tgan hafta 5,4 milliondan ortiq kasallik holati va deyarli 90 ming o‘lim haqida xabarlar paydo bo‘ldi", degan Gebreyesus.
Unga ko‘ra kasallanish va o‘limning eng sezilarli pasayishi Amerikada, shuningdek, Yevropada kuzatilmoqda.
Osiyoda, xususan, janubi-sharqiy mintaqa va Hindistonda koronavirus bo‘yicha kuchli o‘sish kuzatilmoqda.
"Yuqori va o‘rta daromadli mamlakatlar dunyo aholisining 53 foizini tashkil qiladi, ammo ular vaksinaning 83 foizini olgan", degan Gebreyesus dunyo bo‘ylab vaksinalarning notekis taqsimlanishini ta’kidlab.
"Sanitariya tadbirlarining zaiflashishi va "tengsiz emlash" dunyoda yuqumli kasalliklar tarqalishining asosiy sabablari", degan u.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 159 mln 606 ming 992 kishiga yetgan. 3 mln 317 ming 738 kishi kasallikdan vafot etgan.
LiveBarchasi