JSST dunyoda qancha odamda koronavirusga qarshi antitana borligini ma’lum qildi
Olam
−
01 mart 2021
3772Yer aholisining 10 foizdan kamrog‘i COVID-19 koronavirus infeksiyasiga qarshi antitanaga ega. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining bosh ilmiy xodimi Sumiya Svamiatan ma’lum qildi.
U tashkilot koronavirus o‘choqlari bo‘yicha tadqiqotlarni kuzatib borayotganini ta’kidladi.
“JSST ushbu epidemiologik tadqiqotlarni kuzatib boryapti, so‘nggi hisob bo‘yicha ular 500 ga yaqin. Agar ularni barchasini birgalikda ko‘rilsa, dunyo aholisining 10 foiziga bu virusga qarshi antitana borligini ko‘rasiz”, degan JSST xodimi intervyuda.
Svaminatan dunyo miqyosida koronavirusga qarshi jamoaviy immunitet hosil qilishning yagona yo‘li COVID-19 ga qarshi emlash orqali o‘tishini ta’kidlagan.
LiveBarchasi