Joze Mourino XXI asrning eng yaxshi murabbiyi bo‘ldi 

Sport

image

Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) talqini bo‘yicha "Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourino XXI asrning eng yaxshi murabbiylari ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi.

58 yoshli Mourino Chempionlar ligasida ikki marta ("Portu" va "Inter" bilan), UEFA Kubogida bir marta ("Portu" bilan) va Yevropa ligasida bir marta ("Manchester Yunayted" bilan) g‘olib chiqqan. 

Ro‘yxatdan ikkinchi o‘rinni Germaniya terma jamoasining amaldagi ustozi Yoaxim Lyov egallagan. 

Uchinchi o‘rin ikki kishiga nasib etgan. Kuchli uchlikni "Manchester Yunayted" ning sobiq uzoq yillik bosh murabbiyi Aleks Fergyuson va hozirda "Manchester Siti"ning bosh murabbiyi hisoblangan Xosep Gvardiola yopgan.


Maqola muallifi

Teglar

Joze Mourin'o

Baholaganlar

91

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing