Josuslikda ayblangan rossiyalik jurnalist ozod qilindi

Olam

image
Eronda rossiyalik jurnalist josuslikda ayblanib, hibsga olindi north_east

Eronda rossiyalik jurnalist josuslikda ayblanib, hibsga olindi

Eron Hukumati oktyabr oyi boshida Tehronda hibsga olingan rus ayol Yuliya Yuzikni qo‘yib yubordi. Bu haqda RIA Novosti Rossiya elchixonasiga tayanib xabar bermoqda.

"Rossiya Tashqi ishlar vazirligi va Rossiyaning Tehrondagi elchixonasining birgalikdagi harakatlari natijasida Eron tomoni Rossiya fuqarosi Yuliya Yuzikni qo‘yib yuborishga qaror qildi. 10 oktyabr kuni erta tongda u Erondan Moskvaga Aeroflot reysi bilan uchib ketdi", deyilgan diplomatik vakolatxonaning telegram kanalida.

Moskva vaqti bilan 05.47 da Tehrondan parvoz Sheremetevoga qo‘ndi. Rossiyaning Tehrondagi diplomatik vakolatxonasi matbuot xodimi Andrey Ganenko rus ayolining ahvoli yaxshi ekanini qo‘shimcha qildi.

Yuzik 29 sentyabr kuni Tehronga shaxsiy taklif bilan kelgan, uning pasporti noma’lum sabablarga ko‘ra aeroportda tortib olingan va 2 oktyabr kuni u mehmonxonada hibsga olingan.

Shu bilan birga, elchixonaning matbuot attashesi aytganidek, jurnalist Eron Islom Respublikasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar yoki pasportni tortib olish to‘g‘risida xabardor qilmagan, ammo uning qarindoshlari ehtimoliy muammolar haqida gapirgan.

Elchixonada qayd etilganidek, Rossiyaliklar qarindoshlarining so‘zlariga asoslanib, jurnalist Isroil maxfiy xizmatlarida ishlaganlikda ayblangan.

Biroq, 7 oktyabr kuni Eron Hukumatining rasmiy vakili Ali Rabiiy rus ayolining ushlanishi josuslik bilan bog‘liq emasligini, viza bilan bog‘liq muammolar borligini aytgan.

Avvalroq, rossiyalik jurnalist Yuliya Yuzik shu yilning 2 oktyabr kuni Tehrondagi mehmonxonada ushlangani haqida xabar bergan edik. 


Maqola muallifi

Teglar

Yuliya Yuzik hibsdan ozod etildi

Baholaganlar

42

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing