Josuslik sabab “Sautgempton” APL pley-offdan chetlatildi
Sport
−
20 may 1405 1 daqiqa
“Sautgempton” jamoasi Angliya Premer-ligasiga chiqish uchun Chempionship pley-off bosqichidan chetlatildi. Bunga klubning raqiblar mashg‘ulotlarini ruxsatsiz suratga olgani va Angliya Futbol Ligasi (EFL) qoidalarini buzgani sabab bo‘ldi. Bu haqda “Sky sports” nashri xabar berdi.
Mustaqil intizom qo‘mitasi shuningdek, klubni 2026-2027 yilgi Chempionship mavsumida to‘rt ochkolik jarima bilan jazoladi hamda barcha ayblovlar bo‘yicha tanbeh berdi.
Avvalroq, pley-off yarim finalida “Sautgempton”ga umumiy hisobda 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan “Midlsbro” EFLga murojaat qilib, raqibni josuslik va mashg‘ulotlarni suratga olishda ayblagan edi. Shundan so‘ng, tashkilot mazkur holat yuzasidan tekshiruv boshladi.
Ta’kidlanishicha, “Sautgempton” qoidabuzarliklarni tan olgan. Bu holatlar 2025 yilning dekabrida “Oksford Yunayted” hamda 2026 yil aprelida “Ipsvich Taun”ga qarshi Chempionship uchrashuvlari oldidan ham aniqlangan.
“Sautgempton” pley-off finalida “Xall Siti”ga qarshi maydonga tushishi kerak edi. Endi esa, joriy yilning 23 may kuni bo‘lib o‘tadigan hal qiluvchi uchrashuvda “Midlsbro” “Sautgempton” o‘rnini egallaydi. Klub ushbu qaror yuzasidan apellyatsiya berish huquqiga ega.
Ma’lumot uchun, Frenk Lempard “Koventri” joriy mavsum Chempionship birinchiligini egallab, keyingi mavsum APLda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Live
Barchasi