Jorjina Parij moda haftaligida noodatiy chiqish qildi

Sport

image

“Al-Nasr” klubining portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronalduning suyuklisi Jorjina Rodriges Parijdagi moda haftaligida ishtirok etdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

30 yoshli Jorjina Vetements kolleksiyasi taqdimotida o‘ziga xos chiqish qilib, barchaning e’tiborini tortdi. Modeler podiumda Ronalduning “Manchester Yunayted”da to‘p tepgan kezlarida kiygan futbolkasiga ishora qilgan holda qizil libosda ko‘rinish berdi.

Ma’lumot uchun, Jorjina Rodriges o‘z faoliyatini raqqosa sifatida boshlagan, to‘rt yoshidan klassik baletni o‘rgangan. Keyinchalik u moda bo‘yicha karerasini davom ettirish uchun Madridga ko‘chib kelgan va Gucci do‘konida sotuvchi bo‘lib ishlagan. Ronaldu hozirgi muhabbatini aynan Madriddagi Gucci do‘konida uchratgan.

Qayd etish joiz, Krishtianu va Jorjina 2016 yildan beri birga besh farzandni tarbiyalayotgan bo‘lsalar ham qonuniy er-xotin emas. Juftlikning Ronaldu, Eva Mariya, Mateo Ronaldu, Alana Martin Ronaldu va Bella Esmeralda ismli farzandlari bor.


Maqola muallifi

Teglar

Krishtianu Ronaldu Jorjina Rodriges

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made