Joriy yil kelajagim uchun muhim qarorlar yili bo‘ladi – Messi
Sport
−
18 aprel 2025 1719 1 daqiqa
“Inter Mayami”ning argentinalik hujumchisi Lionel Messi kelgusi faoliyati borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Aytganimdek, bor e’tiborimni hozirgi kunga qaratganman, lekin Jahon chempionati haqida o‘ylamayapman desam, yolg‘on gapirgan bo‘laman. Ha, men bu musobaqada qatnashish imkoniyatini o‘rganyapman. Bu yil mening kelajagim haqida qaror qabul qilishda muhim bo‘ladi. Men to‘g‘ri ritmni, izchillikni topmoqchiman”, deydi Messi.
Messi 2023 yilning yozidan buyon “Inter Mayami”da o‘ynab kelmoqda. Shu davr mobaynida u barcha turnirlarda 49 ta o‘yinda qatnashib, 42 ta gol urgan va 21 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning oxirigacha mo‘ljallangan. “Transfermarkt” portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 20 million yevroni tashkil qiladi.