Joriy haftada o‘zbekistonliklarni qanday ob-havo kutmoqda?

Bu qiziq

image

Joriy hafta O‘zbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim viloyatlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Hafta o‘rtasiga borib harorat ko‘tariladi, oxirida esa biroz pastlaydi. Bu haqda respublika Gidrometeorologiya xizmati agentligi xabar berdi.

Bugun, 7 avgust va ertaga, 8 avgust kuni respublika bo‘yicha harorat asosan 30-35 daraja issiq, shimolda, janubda va cho‘l hududlarida 37-39 darajagacha issiq bo‘lgan nisbatan salqin ob-havo saqlanib turadi. Farg‘ona vodiysida, shuningdek, bugun kunning ikkinchi yarmida Toshkent viloyati bo‘yicha ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ayrim joylarda shamol tezligi chang-to‘zon bilan 13-18 m/sgacha kuchayishi mumkin.

Hafta o‘rtasida O‘zbekiston bo‘yicha havo asosan kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati ko‘tariladi va 35-37 daraja atrofida, janubda va cho‘l hududlarida 38-39 daraja issiq bo‘ladi.

Hafta oxiriga kelib, harorat yana 2-3 daraja pasayadi.

Poytaxt Toshkentda bugun, 7 avgust kuni havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi, shamol tezligi 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 30-32 darajagacha issiq bo‘ladi.

8-11 avgust kunlari havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 8 avgustda 32-34 daraja, 9-11 avgustda 34-37 daraja issiq bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing