Jordan Ronalduni ortda qoldirdi 

Sport

image

Eng ko‘p haq oluvchi sportchilar ro‘yxati yangilandi. Bu haqda “Sportico” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, amerikalik afsonaviy basketbolchi Maykl Jordan 3,75 milliard AQSH dollari bilan sport tarixida eng ko‘p haq olgan sportchi bo‘lib turibdi. Bu borada golfchi Tayger Vuds 2,66 milliard dollar 2-o‘rinda qayd etildi. Portugaliyalik futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu esa 1,92 milliard dollar daromad bilan top-3'ga yakun yasadi.

Top-20:

1. Maykl Jordan (basketbol) – 3,75 milliard AQSH dollari
2. Tayger Vuds (golf) – 2,66 mlrd
3. Krishtianu Ronaldu (futbol) – 1,92 mlrd
4. Arnold Palmer (golf) – 1,76 mlrd
5. Lebron Jeyms – 1,7 mlrd
6. Jek Niklaus (golf) – 1,67 mlrd
6. Lionel Messi (futbol) – 1,67 mlrd
8. Devid Bekxem (futbol) – 1,5 mlrd
9. Rojer Federer (tennis) – 1,49 mlrd
10. Floyd Meyvezer (boks) – 1,48 mlrd
11. Fil Mikelson (golf) – 1,43 mlrd
12. Mixael Shumaxer («formula-1») – 1,36 mlrd
13. Shakil O'Nil (basketbol) – 1,21 mlrd
14. Kobe Brayant (basketbol) – 1,09 mlrd
15. Greg Norman (golf) – 1,06 mlrd
16. Neymar (futbol) – 1,01 mlrd
17. Kevin Dyurent (basketbol) – 955 millionov
18. Mayk Tayson (boks) – 905 mln
19. Lyuis Xemilton (formula-1) – 880 mln
20. Aleks Rodriges (beysbol) – 775 mln

Eslatib o‘tamiz, fevral oyi boshida Ronaldu 2023 yilning eng ko‘p daromad qilgan sportchisi bo‘lgani xabar qilingandi. 

O‘tgan yil yakuniga ko‘ra, Krishtianu 275 million yevro ishlab topgan.


Maqola muallifi

Teglar

Krishtianu Ronaldu Maykl Jordan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing