Jonson yaqin soatlarda iste’foga chiqishga rozi bo‘ldi – OAV

Olam

image

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson yaqin soatlarda iste’foga chiqish haqida ariza yozadi. Bu haqda Britaniyaning ITV, “Sky News” telekanallari va “The Times” gazetasi hukumat rahbari atrofidagilarga tayanib xabar berdi.

Agar u o‘z lavozimini saqlab qolishda davom etsa, kelasi hafta unga yana bir marotaba unga lavozimida qolishi uchun ovoz berilishi mumkin.

Jonson hukmron partiyaning yangi rahbari saylanmaguncha Bosh vazir vazifasini bajarishda davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, Ichki ishlar vaziri Priti Patel, Tashqi savdo kotibi Enn-Mari Trevelyan, Biznes, engergetikava sanoat strategiyasi vaziri Kvazi Kvarteng, Transport vaziri Grant Shepps va yangi Moliya vaziri Nadim Zaxavi Bosh vazirni iste’foga chiqishga undadi, biroq Jonson ularga o‘z lavozimini tark etmasligini aytdi.

Joriiy yilning 5 iyul kuni esa Buyuk Britaniya Hukumatidagi ikki vazir Rishi Sunak, Sog‘liqni saqlash vaziri Sajid Jovid, shuningdek Ta’lim vaziri o‘rinbosari Uill Kvins hamda Angliya va Uels Bosh prokurori o‘rinbosari Aleks Chak Bosh vazir Boris Jonson bilan bog‘liq bir qator mojarolar fonida iste’foga chiqqandi. So‘nngi ma’lumotlarga ko‘ra, iste’foga chiqqan britaniyalik siyosatchilarning soni 50 dan oshgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

385

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing