Jonson Ukrainaga tashrif buyurishi mumkin – Guardian

Olam

image

Buyuk Britaniyaning sobiq Bosh vaziri Boris Jonson tez orada Ukrainaga tashrif buyurib, Prezident Vladimir Zelenskiy bilan uchrashishi mumkin. Bu haqda “The Guardian” nashri xabar berdi.

Nashr suhbatdoshlarining so‘zlariga ko‘ra, Jonson yaqin bir necha oy ichida Kiyevga tashrif buyurish rejalari bo‘yicha tanishlariga aytib o‘tgan.

Ukrainadagi manbalar Jonsonning bunday rejalari borligini tasdiqlagan, biroq tashrif aynan qachon amalga oshirilishi haqida aniq ma’lumot yo‘q. Bu bo‘yicha Britaniya parlamenti a’zosi bo‘lgan Jonsonning matbuot kotibi izoh berishdan bosh tortgan.

“Jonsonning Kiyevga tashrifi hozirda Britaniya hukumati va hukmron Konservativ partiyani boshqarayotgan Rishi Sunakning obro‘siga putur yetkazishi mumkin”, deyiladi nashr xabarida.

“The Guardian” nashriga ko‘ra, Jonson o‘zining kumiri Uinston Cherchill kabi hokimiyat tepasiga qaytishga umid qilib, jahon sahnasida Ukrainaning asosiy ittifoqchilaridan biri rolini o‘ynashga harakat qilmoqda.

Qayd etish kerakki, bir qator janjallardan so‘ng iste’foga chiqishga majbur bo‘lgan Jonson hamon ko‘plab partiya a’zolari tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi va ukrainaliklar orasida mashhurdir.Shuningdek, avval ham Jonson Ukrainaga tashrif buyurib, Zelenskiy bilan uchrashgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Boris Jonson keyingi parlament saylovlarida deputatlikka nomzodini yana bir bor ilgari surmoqchiligini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing