Jonson Sholsni Rossiyaga qarshi qayramoqchi – OAV

Olam

image

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson Germaniya kansleri Olaf Sholsni Rossiyaga qarshi qo‘shimcha sanksiyalar joriy etish zarurligiga ishontirmoqchi. Bu haqda “The Times” nashri xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, 8 aprel kuni Germaniya hukumati rahbari kansler sifatida birinchi marta Londonga tashrif buyuradi va Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson bilan uchrashadi. Tashrif chog‘ida Jonson Olaf Sholsga Rossiyaga nisbatan diplomatik, iqtisodiy va harbiy bosimni kuchaytirishni maslahat berishi kutilmoqda. 

1 aprel kuni nashr Britaniya hukumatidagi yuqori martabali manbasiga tayanib, Buyuk Britaniya Germaniya, Fransiya va AQSH Ukrainani imkon qadar tezroq Rossiya bilan tinchlik shartnomasi tuzishga undashidan xavotirda ekanini yozgan.

Ma’lumot uchun, Germaniya Tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok Buchadagi fojiadan keyin, Yevropa Ittifoqi Ukrainadagi urush tufayli Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishini va mudofaa masalalarida Kiyevga yordam qo‘lini cho‘zishini ma’lum qilgan. Moliya vaziri Kristian Lindnerning aytishicha, Berlin 4 apreldan boshlab hamkorlari bilan sanksiyalarni kuchaytirish masalasini muhokama qila boshlaydi. Yevropa rasmiylari bu qarorni Ukraina rasmiylarining Bucha shahridagi voqealar haqidagi xabarlari bilan izohlamoqda. Amerika Qo‘shma Shtatlari ham “tez orada” Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, Ukraina rasmiylari Kiyev viloyatining rossiyaliklar tashlab ketgan Bucha shahrida ko‘plab tinch aholi vakillari qiynoqlar bilan o‘ldirilgani haqida xabar bera boshladi. Shaharda yuzlab odamlar vahshiylik qurboni bo‘lgani aytilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

147

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing