Jonson NATO sammitida Ukraina chegarasidagi vaziyatni muhokama qilishga va’da berdi
Olam
−
14 iyun 2021
3430Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyga Bryusseldagi NATO sammitida Rossiyaning Ukraina chegarasidagi beqarorlashtiruvchi harakatlarini muhokama qilishga va’da bergan. Bu haqda Jonsonning rasmiy vakili ma’lum qilgan.
Ta’kidlanishicha, Jonson Zelenskiy bilan bugun, 14 iyun kuni ertalab telefon orqali gaplashgan.
“Bosh vazir Buyuk Britaniyaning Ukrainaning hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashga sodiqligini tasdiqladi. Jonson bugungi NATO sammitidagi vaziyatdan xavotirda ekanini va o‘tgan hafta oxirida bo‘lib o‘tgan munozaralarda G7 davlatlari Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun birdamlik ko‘rsatganlarini ta’kidladi”, degan Bosh vazirning rasmiy vakili.
Buyuk Britaniya Bosh vazirining so‘zlariga ko‘ra, NATO a’zolari Ukrainaning mudofaa qobiliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun javobgardir.
Ma’lumot o‘rnida, NATO sammiti bugun, 14 iyun kuni Belgiya poytaxti Bryusselda o‘tkazilmoqda. Sammit Toshkent vaqti bilan soat 16:30 da boshlandi.
LiveBarchasi