Jonson xavotirda

Olam

image

Bir millionga yaqin o‘simlik va hayvonot turlari yo‘qolib ketish xavfi ostida turibdi.

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson bugun, 30 sentyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining bioxilma-xillik mavzusidagi sammitida shunday ogohlantirish beradi.

"So‘nggi yarim asrda hayvonot dunyosining deyarli 70 foizi yo‘qoldi – bu ko‘pchiligimiz uchun butun umr, ammo evolyutsiya me’yorlari bo‘yicha atigi bir lahza. Yana 1 millionga yaqin o‘simlik va hayvon turlari yo‘qolib ketish xavfi ostida turibdi", degan fikrda Jonson. 

Buyuk Britaniya hukumati rahbari tabiiy muvozanatning buzilishi iqtisodiyot, iqlim, aholi salomatligi va boshqa ko‘plab halokatli oqibatlarga olib kelishidan ogohlantiradi. U xalqaro hamjamiyatni bioxilma-xillik pasayishini to‘xtatish uchun muvofiqlashtirilgan choralar ko‘rishga chaqiradi. 

Ma’lumot uchun, joriy yilning 12 dekabr kuni Buyuk Britaniya va Birlashgan Millatlar Tashkiloti iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash mavzusida sammit o‘tkazadi. Sammitda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish va Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson hamraislik qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

126

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing