Jondor tumaniga ham yangi hokim tayinlandi
Jamiyat
−
03 dekabr 2020
6064Ayni vaqtda Xalq deputatlari Jondor tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari San’atillo Hikmatov Jondor tumani hokimi etib tasdiqlandi.
Tumanning sobiq hokimi Kamol Ro‘ziyevich Kamolov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.
Avvalroq, Buxoro tumaniga Xayrullo Jo‘rayev hokim etib tayinlangani haqida xabar bergan edik.