Jomboyga ham yangi hokim tayinlandi
Jamiyat
−
26 fevral 6235 1 daqiqa
Xurshid Nazarov Samarqand viloyati Jomboy tumaniga hokim etib tayinlandi. Uning nomzodi bugun, 26 fevral kuni xalq deputatlari Jomboy tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida deputatlar tomonidan tasdiqlandi.
Xurshid Aripovich Nazarov shu kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 25 fevral kuni “Hududgaz Qashqadaryo” gaz ta’minoti filiali direktori lavozimida ishlab kelgan G‘olib Ne’matovich Murodov Muborak tumani hokimi etib tayinlangandi.
Live
Barchasi