Jokovich “Devis kubogi”da rekord qayd etdi

Sport

image

Kecha, 27 noyabr kuni jahonning 1-raqamli raketka ustasi, serbiyalik tennischi Novak Jokovich Insbrukda (Avstriya) davom etayotgan “Devis kubogi” bahslari doirasida mezbon sportchi Dennis Novakni 6:3, 6:2 hisobida mag‘lub etdi.

Ushbu natija evaziga, Jokovich o‘zining norasmiy Jahon chempionati hisoblangan “Devis kubogi” yakkalik bahslaridagi 35-g‘alabasini qo‘lga kiritdi va g‘alabalar soni bo‘yicha Serbiya rekordini yangiladi. U 49 uchrashuvda 34 ta g‘alaba qayd etgan Yanko Tipsarevichni ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ldi. Buning uchun Novakka 42 ta uchrashuv o‘tkazish kifoya qildi. 

Eslatib o‘tamiz, “Devis kubogi”ning final bosqichida 16 terma jamoa ishtirok etmoqda va musobaqa joriy yilning 5 dekabr kuni o‘z yakuniga yetadi.

Ma’lumot uchun, turnirning 2019 yilgi chempioni Ispaniya terma jamoasi hisoblanadi. 2020 yilda koronavirus pandemiyasi tufayli musobaqa bekor qilingan. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Tennis Ispaniya Serbiya Jokovich Devis kubogi

Baholaganlar

22

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing