Jo Bayden saylov poygasida Trampdan o‘zib ketdi

Olam

image

Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod, sobiq vitse-prezident Jo Bayden AQSHning amaldagi rahbari Donald Trampni 5% ga ortda qoldirmoqda. Bu haqda kecha, 13 may kuni CNN teleradiokompaniyasining ma’lum qildi.

Tadqiqotga ko‘ra, respondentlarning 51 foizi Baydenni qo‘llab-quvvatlamoqda, Trampni esa saylovchilarning 46 foizi afzal ko‘rmoqda. Biroq, eng munozarali va muhim shtatlarda ustunlik amaldagi Prezidentda qoldi. So‘rovnomaga ko‘ra ushbu shtatlardagi saylovchilarning 52% uni qo‘llab-quvvatlaydi.

Ta’kidlanishicha, sobiq vitse-prezident ayollar, qora tanlilar va 45 yoshdan oshgan aholi orasida ko‘proq mashhur. Shu bilan birga, Tramp asosan erkaklar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. Shuningdek, u oq tanli aholi va yoshlar orasida ko‘proq mashhur.

AQSHda prezident saylovi 2020 yil 3 noyabrda bo‘lib o‘tishi kerak.

 

Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp Prezident saylovi Jo Bayden

Baholaganlar

232

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing