Jizzaxda marixuanna yetishtirayotgan qator shaxslar qo‘lga olindi

Jamiyat

image

Jizzax viloyati IIB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, viloyatda ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan “Qoradori - 2020” tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan Zarbdor tumanining Oybek mahallasida yashovchi, 1955 yilda tug‘ilgan fuqaroning tomorqasida 561 tup marixuana yetishtirilayotganligi aniqlangan. Ushbu fuqaroga tegishli qo‘shimcha inshoot tekshirilganida 292 gramm quritilgan marixuana va uning 271 urug‘lari olingan.

Bundan tashqari, viloyatning Baxmal tumani, “Nurafshon” mahallasida yashovchi, 1970 yilda tug‘ilgan shaxsning turar joyida ikkita polietilen idishda 85,52 gramm ko‘knori giyohvandlik vositasi saqlayotganligi ayon bo‘lgan. Yangiobod tumani, Yangiobod shaharcha fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi 1968 yil tug‘ilgan shaxs esa hovlisidagi ekinlari orasiga 83 tup ko‘knorini parvarishlab kelgan. Mazkur shaxsning hammomidan 116 gramm ko‘knor giyohvandlik moddasi topildi.

Axborot xizmatining ma’lum qilishicha, viloyatning cho‘l tumanlarida esa fermer xo‘jaliklari dalalarida qarovsiz holda o‘sayotgan marixuanna giyohvandlik moddalari aniqlangan. Xususan, Do‘stlik tumani, Qosim Rahimov nomidagi suv iste’molchilar uyushmasi tarkibidagi fermer xo‘jaligi dalasida 5 metr kvadrat yerda 600 tup, Arnasoy tumanida Buxoro suv iste’molchilari uyushmasi hududidagi fermer xo‘jaligi ekin maydonida 35 tup, Zafarobod tumanidagi Zafarobod suv iste’molchilari uyushmasi tarkibidagi fermer xo‘jaligi dalasida 20 tup marixuana yo‘q qilingan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, viloyatda sodir etilgan giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyatlarning 9 tasi narkotik moddalarni o‘tkazish, 18 tasi giyohvand moddalarni saqlash, 11 tasi giyohvand ekinlarni ekish bilan bog‘liq.


Maqola muallifi

Teglar

Jizzax

Baholaganlar

105

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing