Jizzaxdagi YTHda prokuraturaning ikki xodimi vafot etdi

3-sahifa

image

Jizzax viloyati Zomin tumani prokuraturasi tergovchisi va prokuraturaning ish yurituvchisi va prokuratura ish o‘rganuvchi bo‘lgan avtomobil yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Oqibatda prokuratura ish yurituvchisi A.Q. va ish o‘rganuvchi E.K. voqea joyida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi. 

YTH joriy yilning 18 mart kuni soat taxminan 23:00 larda Supa-Zomin yo‘nalishining 26-kilometrida sodir bo‘lgan. 

Zomin tumani prokurorining yordamchisi lavozimida ish o‘rganuvchi E.K. boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtomashina yo‘lning o‘ng chetidagi daraxtga urilishi oqibatida, yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Oqibatda, E.K. va avtomashina salonida bo‘lgan Zomin tumani prokuraturasi ish yurituvchisi A.Q. olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan, tuman prokuraturasi tergovchisi D.Z. tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan kecha, 19 mart kuni viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing