Jizzaxdagi tog‘da katta yong‘in chiqdi
3-sahifa
−
15 iyul 2023 10129 1 daqiqa
Jizzaxning Zomin tumanida joylashgan tog‘ bag‘rida katta yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Aytilishicha, bugun, 15 iyul kuni soat 14:00 larda Zomin tumani “Duoba” QFY “O‘rikli” qishlog‘i hududidagi tog‘ bag‘rida yong‘in chiqqan. Yong‘inni o‘chirish uchun 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 14:20 larda yong‘in joyiga yetib borib, soat 15:08 da batamom o‘chirilgan.
“Yong‘in oqibatida tog‘ bag‘rida taxminan 50 sotix maydonda quruq xaslar yongan. Tan jaroxati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘inning sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda”, deyiladi xabarda
Yong‘ini o‘chirishga Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan 100 ga yaqin shaxsiy tarkib, Ichki ishlar boshqarmasi, Milliy Gvardiya hamda O‘rmon xo‘jaligi xodimlari jalb etilgan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr