Jizzaxdagi shifoxonada janjal ko‘targan aka-ukalar qamaldi (video)
3-sahifa
−
09 Sentabr
11559Jizzax viloyatidagi shifoxonalarning birida bezorilik qilgan aka-ukalar jazolandi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Jizzaxdagi shifoxonalardan biriga tungi soat 23:40 atrofida bemor olib kelingan. Bemorning oldiga uning 3 nafar akasi ko‘rishga keladi. Hamshiralar o‘sha vaqtda jarrohlik amaliyoti o‘tkazilayotgani sababli bemor haqida ma’lumot bera olmagan.
Bu esa aka-ukalarning jahlini chiqaradi va ular janjal ko‘tara boshlaydi. Huquqbuzarlardan biri hamshiralarni haqorat qilib, qabul bo‘limidagi shisha to‘siq, kompyuter ekrani va eshik oynasini sindiradi. Bundan tashqari, janjalga aralashgan bir fuqaroga tan jarohati yetkazilgan.
Shuningdek, aka-ukalar Ichki ishlar xodimlariga ham qarshilik ko‘rsatishga uringan.
Surishtiruvlar davomida shifoxonaga tan jarohatlari bilan keltirilgan bemor o‘ziga o‘zi pichoq bilan jarohat yetkazgani ma’lum bo‘lgan.
Huquqbuzarlarga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari tartibida hujjatlar rasmiylashtirilib, jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudiga yuborilgan. Sud qarori bilan 3 nafar aka-ukaning 2 nafariga 15 kun muddatga ma’muriy qamoq, bir nafariga BHMning 12 baravari (4 mln 80 ming so‘m) miqdorida jarima qo‘llanilgan.
Aka-ukalar esa bu ishlarni mastlik ta’sirida qilganini, hushyor holatga kelganidan so‘ng hamma zararlarni qoplagani va hamshiralardan uzr so‘raganini bildirdi.
LiveBarchasi