Jizzaxdagi selda 3 ta mashina oqib ketdi (video)
Jamiyat
−
11:41 4565 1 daqiqa
Kecha, 18 iyun kuni Jizzax viloyatining Zomin va Baxmal tumanlarining ayrim tog‘ va tog‘oldi hududlarida kuchli yog‘ingarchilik oqibatida sel oqimlari yuzaga keldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, u yo‘llardan oqib o‘tgan bo‘lib, hodisa oqibatida ushbu hududlarda noto‘g‘ri qoldirib ketilgan 3 ta yengil avtomobil sel oqimiga tushib, oqib ketgan.
Ta’kidlanishicha, mazkur hodisa oqibatida tan jarohati olgan va jabrlanganlar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy viloyatining 3 tumanida kuchli sel kelishi oqibatida 4 ta qishloq aholisi evakuatsiya qilinib, mashinalar oqib ketgan edi.
Live
Barchasi