Jizzaxdagi restoranda bezorilik qilgan 9 yigit ushlandi
3-sahifa
−
13 may
6225Jizzax shahridagi restoranda bezorilik sodir etgan va ichki ishlar xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmagan 9 nafar shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Jizzax shahrining Mirzo Ulug‘bek mahallasida joylashgan restoranda bir guruh yigitlar tomonidan bezorilik sodir etilgan. Chunonchi, ushbu shaxslar idishlarni sindirib, ovqatlanish shoxobchasi mas’ullariga bosim o‘tkazishga uringan. Jabrlanganlarga ko‘ra, ularning bu qilmishiga sabab sog‘lom raqobatni sindirish bo‘lgan.
Yigitlarning barchasi Jizzax shahridagi 5 ta tungi klubda ishlagan. Qo‘lga olinganlarning orasida mayda bezorilik, qasddan badanga yengil shikast yetkazish, IIO xodimining qonuniy talablariga bo‘ysunmagani uchun muqaddam sudlangan 3 nafar shaxs borligi aniqlangan.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, to‘plangan hujjatlar asosida sodir qilingan qonunbuzarliklar jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudi tomonidan ko‘rib chiqildi. Sud ularni mayda bezorilik va IIO xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmaganlikda aybdor deb topib, yigitlarning barchasiga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosini berdi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr