Jizzaxdagi “Irrigatsiya invest" MCHJda portlash bo‘ldi. Qurbon bor

Jamiyat 11600
image

Jizzaxda gaz chaqnashi va buning oqibatida kelib chiqqan portlashda bir kishi qurbon bo‘ldi. Bu haqda Jizzax viloyat IIB Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, Jizzax shahar, Bunyodkor mahallasi “A-Sanoat” hududida joylashgan “Irrigatsiya invest” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tegishli bino oshxonasida gaz chaqnashi sodir bo‘lgan. 

“Ma’muriy binoda joylashgan oshxonaga xavfsizlik talablariga javob bermaydigan gaz plitasi o‘rnatilgan. Toshkent shahri Yunusobod tumanida ro‘yxatdan o‘tib, mas’uliyati cheklangan jamiyatida qorovul vazifasida ishlagan S.D. oshxonaga kirib elektr chirog‘ini yoqqan vaqtida, to‘plangan is gazining chaqnashi oqibatida tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan”, deyiladi xabarda.

Ayni vaqtda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 6 yanvar kuni Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida joylashgan uylarning birida ham shunga o‘xshash holat sodir bo‘ldi va ikki kishi vafot etdi.

Qalampir.uz Tahririyati
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 0
Reyting: 3
t
×