Jizzaxda zilzilaga dosh bermaydigan yotoqxona qurilayotgani aniqlandi

Jamiyat

image

Jizzaxda qurilayotgan universitet yotoqxonasi uchun mo‘ljallangan binoning poydevor qismida sifatsiz qurilish ishlari olib borilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, Jizzax viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan "Bog‘ishamol" MFY hududida Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax Davlat pedagogika universitetining yangi 2500 o‘rinli binosini qurish ob’ektida monitoring ishlari o‘tkazilgan.

Nazorat davomida ob’ektda zilzilaviy hududlarda qurilish talablariga rioya qilinmagani ma’lum bo‘lgan. Oqibatida poydevor qismida bajarilgan beton ishlari labarotoriya xulosasiga ko‘ra loyiha talablariga mos kelmasligi aniqlangan. Shuningdek, beton quyish ishlari esa sifatsiz bajarilgan.

Hozirda qoidabuzarliklar yuzasidan mas’ul shaxslarga inspeksiya tomonidan yozma ko‘rsatma berilgan hamda sifatsiz bajaraligan beton ishlari joyida demontaj qildirilgan.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Jizzax zilzila

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing