Jizzaxda yuk mashinasi portladi

3-sahifa

image

Bugun, 8 sentyabr kuni soat 06:00 lar atrofida Jizzax viloyatida “GAZ 330202” GBA SPG rusumli yuk bortli avtomashina portlab ketdi. Bu haqda “Zamon” axborot dasturida xabar qilindi.

Jizzax viloyati IIB YHXB katta inspektori Erkin Ochilovning aytishicha, Sharof Rashidov tumanidagi avtomobillarga gaz to‘ldirish va quyish shaxobchalarining biridan gaz to‘ldirib chiqqan haydovchi M.Sultonov boshqaruvida bo‘lgan “GAZ 330202” GBA SPG rusumli yuk bortli, davlat raqami 70 683 KAA bo‘lgan avtomashina gaz balloni portlab ketgan.

Haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida avtomobil yo‘lning chap tomonida o‘rnatilgan beton to‘siqqa borib, urilgan. Mazkur baxtsiz hodisa sababli haydovchi tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

302

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing