Jizzaxda YTHga uchragan Epica butunlay yonib ketdi
3-sahifa
−
09 dekabr 2020
5094Joriy yilning 9 dekabr kuni Jizzax viloyatida yuz bergan YTH oqibatida Epica rusumli avtomobil butunlay yonib ketdi. Bu haqda IIV YHXBB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, shu kuni soat 05:50larda viloyatning Sharof Rashidov tumani hududidan o‘tgan M39 avtomobil yo‘lining 985-kilometrida YTH sodir bo‘ldi. 1993 yilda tug‘ilgan haydovchi R.K. Epica rusumli avtomobilda "Samarqand-Toshkent" yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan vaqtida boshqaruvni yo‘qotadi. Yo‘l chetidagi daraxtga borib urilishi oqibatida avtomobilda yong‘in yuzaga kelgan.
Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Avtomobil yong‘indan to‘liq zararlangan.
“Mazkur hodisa yuzasidan tuman IIB YHXB va FVB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
Hodisa natijasida vafot etgan yoki tan jarohati olganlar yo‘q.
LiveBarchasi