Jizzaxda YTH: Nexia va yuk mashinasi to‘qnashuvida ikki kishi vafot etdi

3-sahifa

image

Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida Nexia PAZ-3307 rusumli yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. Oqibatda ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Jizzax Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lum qildi.

YTH joriy yilning 9 sentyabr kuni soat 06:05 larda Paxtakor tumani hududidan o‘tuvchi 4P-35 avtomobil yo‘lining 38-kilometrida yuz bergan. Do‘stlik-Jizzax yo‘nalishida harakatlanayotgan Nexia mashinasi qarama-qarshi yo‘nalishdagi PAZ-3307 yuk mashinasi bilan to‘qnashgan.

Voqea joyiga yetib borgan qutqaruvchilar Nexia salonida qisilib qolgan haydovchi va old o‘rindiqda bo‘lgan yo‘lovchini maxsus uskunalar yordamida chiqargan.

YTH oqibatida Nexia haydovchisi va yo‘lovchisi og‘ir tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

179

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing