Jizzaxda uy va unga tutash do‘kon yonib ketdi

Jamiyat

image

Jizzax shahrida joylashgan qurilish mollari do‘konida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat FVB axborot xizmati xabar berdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, bugun, 4 mart kuni soat 17:16 da Jizzax shahar “Oqqo‘rg‘onlik” mahallasi Aliyev ko‘chasi 5-uy va ushbu yashash xonadoniga tutash bo‘lgan qurilish mollari do‘konida yong‘in sodir bo‘lgan. 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 17:24 da yetib borib, 18:30 da yong‘inni butunlay o‘chirgan.

Oqibatda yashash uyining taxminan 24 kv/m maydonida tom va shift qismi hamda savdo do‘konining 48 kv/m qismi va qurilish materiallari yongan.

Aniqlanishicha, yong‘in tufayli hech bir fuqaro tan jarohati olmagan va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘inning sababi va zarari aniqlanmoqda.

Sarvar Xurramov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

yong'in Jizzax FVB axborot xizmati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing