Jizzaxda o‘quvchilar kaltaklandi. XTV vaziyatni nazoratiga oldi (video)

Jamiyat

Ijtimoiy tarmoqlarda o‘quvchilarni kaltaklayotgan o‘qituvchi videosi tarqaldi. Unda erkak o‘qituvchi o‘quvchilar ko‘z o‘ngida bir nechta bolani urayotgani tasvirlangan. 

Videoyozuv ostida esa “Jizzax shahar Sharof Rashidov tumani 21 sonli umimiy o‘rta ta’lim maktabi 8-B sinf rahbari o‘quvchilarni urmoqda”, degan izoh yozib qoldirilgan. 

Mazkur holat tafsilotlarini aniqlash maqsadida QALAMPIR.UZ tahririyati Xalq ta’limi vazirligi bilan bog‘landi. Vazirlik matbuot kotibi Anvar Umarov: “Jizzax viloyati boshqarmasi bu holatni o‘rganmoqda. O‘rganish natijasiga ko‘ra, chora ko‘riladi”, deya ma’lum qildi.

O‘rganishlar natijasi QALAMPIR.UZ sayti orqali e’lon qilinadi.

Shahnoza To‘ramurotova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Jizzax o'quvchilar kaltaklandi

Baholaganlar

212

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing