Jizzaxda o‘quvchiga qo‘l ko‘targan o‘qituvchi jazolandi

3-sahifa

image

Jizzax viloyati Zomin tumanida o‘quvchiga tarsaki tushirgan o‘qituvchi jazolandi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi. 

Bolalar ombudsmaniga kaltak yegan o‘quvchining onasidan murojaat kelib tushgan. Murojaatda ona 2023 yilning 26 dekabr kuni maktabda o‘qituvchi S.M  o‘g‘lining (7-sinf o‘quvchisi) yuz qismiga bir necha bor tarsaki urib, uni turli nomaqbul so‘zlar bilan haqorat qilganini bildirgan.

Bolalar ombudsmani so‘rovi asosida Maktabgacha va maktab ta’lim vaziri mazkur holatni atroflicha o‘rgandi. Jizzax viloyati Zomin tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining tegishli mutaxassislari tomonidan holat o‘rganilib, mazkur umumiy o‘rta ta’lim maktab direktorining buyrug‘iga asosan S.M. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

Shuningdek, joriy yilning 23 yanvardagi jinoyat ishlari bo‘yicha Zomin tuman sudida o‘qituvchining harakatlariga huquqiy baho berilib, S.M. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-moddasi (Haqorat qilish) va 52-moddasini (Yengil tan jarohati yetkazish) sodir etgan deb topilgan va unga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 20 barovari miqdorida jarima jazosi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida ingliz tili o‘qituvchisi o‘quvchiga telefon uloqtirib, uning boshini yorib qo‘ygandi.


Maqola muallifi

Teglar

maktab o'qituvchi o'quvchi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing