Jizzaxda tuman hokimligi mutasaddilari 7 mlrdni o‘zlashtirishda gumonlanmoqda

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyatidagi Arnasoy tumani hokimligi mutasaddilari 7 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ni o‘zlashtirgani haqida xabar tarqaldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Jizzax viloyati Arnasoy tumanida paxta ekish rejalashtirilgan 8000 gektar maydonning 1068 gektariga paxta urug‘i o‘z vaqtida ekilmagan. Shuningdek 1549 gektar maydonga zarur agrotexnik choralar ko‘rilmagan.

Shunga qaramasdan tuman byudjetidan 8000 gektar maydonda paxta yetishtirilayotganini sabab qilib, 7 milliard 16 million so‘mlik qo‘shimcha imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilgan.

Bosh prokratura Matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov mazkur holat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

269

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing