Jizzaxda sel oqizib ketishi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi 

3-sahifa 14330
image

Avval xabar berganimizdek, bugun, 20 aprel kuni kuzatilgan kuchli yog‘ingarchilik oqibatida Jizzax viloyatining Baxmal, Forish, G‘allaorol va Sharof Rashidov tumanlarida sel oqimlari yuzaga keldi. Oqibatda Forish tumanida  4 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, ayrim aholi yashash joylari, ijtimoiy soha ob’ektlari, ekin maydonlari sel oqimlaridan zararlangan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Forish tumanida 4 nafar fuqaroni (1 nafar erkak, 3 nafar ayol) sel oqimlari oqizib ketishi oqibatida xalok bo‘lgani aniqlangan. 

“Zudlik bilan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari xodimlari voqea joyiga yetib borib, yog‘ingarchilik oqibatlarini bartaraf etish tadbirlari olib bormoqda”, deyiladi xabarda.

Ayni paytda Baxmal tumanining “Nurafshon” MFY, Gulobod qishlog‘i, G‘allaorol tumanining Moltob QFY Moltob qishlog‘i, Sharof Rashidov tumani “Kuyovboshi” MFY hamda Forish tumani “Egizbuloq” MFYlarida viloyat FVB xodimlari tomonidan yog‘ingarchilik oqibatlarini bartaraf etish chora-tadbirlari ko‘rilmoqda.

Bundan tashqari, Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida ham kuchli yog‘ingarchilik kuzatilgani oqibatida sel kelgani aytilmoqda. Samarqand shahrining ko‘plab ko‘chalarida suv to‘planishi hodisalari kuzatilgan.

Yulduz Abdurashidova
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 490
Reyting: 3
t
×