Jizzaxda “Paxta-2022” postiga ketayotgan IIV xodimi YTHga uchrab, vafot etdi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Jizzax viloyatida ichki ishlar xodimi “Paxta-2022” nazorat-tekshiruv postiga tungi xizmatga ketayotgan vaqtda yo‘l-transport hodisasiga uchrab, vafot etdi. Bu haqda IIV Matbuot kotibi Shohruh G‘iyosov ma’lum qildi.

YTH joriy yilning 2 oktyabr kuni soat 00:00 da “Jizzax—Gagarin” 4R-38 avtomobil yo‘lining 10-kilometrida tumanida yuz bergan. “Mustaqillik” mahallasi profilaktika inspektori leytenant X.Shukurullayev boshqaruvidagi “VAZ-2106” mashinasida “Paxta-2022” nazorat-tekshiruv postiga tungi xizmatga ketayotgan vaqtda jarlikka qulab vafot etgan.

X.Shukurullayev 1990 yilda Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida tug‘ilgan, oilali, 1 nafar farzandi bor, ma’lumoti oliy, 2015 yilda Jizzax Davlat pedagogika institutini tamomlagan, ichki ishlar organlarida 2020 yildan, egallab turgan lavozimida 2022 yilning yanvar oyidan buyon xizmat qilib kelgan, harakatdagi intizomiy jazosi yo‘q.

Holat prokuratura organlari tomonidan o‘rganilmoqda, tekshiruv natijalari bo‘yicha qo‘shimcha axborot beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

IIV Jizzax

Baholaganlar

390

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing