Jizzaxda OIV infeksiyasini boshqalarga qasddan yuqtirganlar javobgarlikka tortildi
3-sahifa
−
15 aprel
6583Jizzaxda OIV infeksiyasini o‘zgalarga atayin tarqatib yurgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Paxtakor tumanida yashovchi 35 yoshli ayol yashash joyida o‘zida OIV infeksiyasi borligini bila turib, begona erkak bilan himoyalanmagan jinsiy yaqinlik qilgan vaqtida IIB xodimlari tomonidan ushlangan va unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Yana bir holat Sharof Rashidov tumanida qayd etilib, 34 yoshli erkak o‘zida OIV borligini bilsa-da, shifokorlar ogohlantirishiga qaramasdan, yashirincha 29 yoshli ayol bilan birga yashab kelgan va kasallikni jinsiy yo‘l bilan unga yuqtirgan.
“Respublika OITSga qarshi kurashish markazi, OIV aniqlangan bemorlarni ushbu kasallikni qasddan yuqtirganlik uchun qonunchilikka ko‘ra jinoiy javobgarlikka tortilishi belgilanganligi to‘g‘risida ogohlantiradi”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi