Jizzaxda odamlarni Meksika orqali AQSHga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
10 may 2025 3778 1 daqiqa
Jizzax viloyatida Meksika orqali AQSHga yuborishni va’da qilib, fuqarolarni aldagan shaxs ushlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Jizzax viloyatida huquq-tartibot idoralari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Sharof Rashidov tumanida yashovchi fuqaro N.B.Q. Zarbdor tumanidan bo‘lgan A.A.D.ni go‘yoki Meksika orqali AQSHga ishga jo‘natish bahonasida aldab, undan jami 200 million so‘m (shu jumladan 11 200 AQSH dollari va 50 mln so‘m) olmoqchi bo‘lgan vaqtda qo‘lga olingan.
Bildirilishicha, hozirda ushbu holat yuzasidan tergovgacha tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 4 ta viloyatda fuqarolarni “Turkiya-Yevropa-Meksika” yo‘nalishi orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga yuborish uchun katta miqdorda pul talab qilgan shaxslar ushlangandi.
Live
Barchasi