Jizzaxda koloniyadan qochgan 2 mahkum Andijondan topildi
3-sahifa
−
06 yanvar 2023
11291Avvalroq Jizzaxda ikki mahkum manzil-koloniyadan “qochib ketgani” haqida xabar berilgandi. Mazkur ikki mahkum Andijon viloyatining chegara hududlaridan birida ushlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti ma’lum qildi.
Joriy yilning 5 dan 6 yanvarga o‘tar kechasi mahkumlar N.M. va K.A. Andijon viloyatining chegara hududlaridan birida jamoatchilik yordamida qo‘lga olingan. Shundan so‘ng, ular vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan.
Holat yuzasidan tekshiruv tayinlangan bo‘lib, jazoni ijro etish muassasasini ruxsatsiz tark etgan mahkumlarning harakatlariga huquqiy baho berilishi ta’minlanadi.
Qayd etilishicha, belgilangan tartibni buzgan mahkumlar avvalgi jazo muddatini o‘tagan umumiy, qattiq yoki maxsus tartibli koloniyalarga qaytariladi.
“Ma’lumot uchun, Jinoyat-ijroiya kodeksining 114-moddasiga ko‘ra jazoni ijro etish muassasasi hisoblangan manzil-koloniyalarda jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar koloniya hududi doirasida soqchisiz, erkin yurish, ishlash, ma’muriyatning ruxsati bilan koloniya hududidan tashqarida nazoratsiz harakatlanish huquqidan foydalanadi”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi