Jizzaxda katta nashafurush qo‘lga olindi (video)
3-sahifa
−
10:47 2367 1 daqiqa
Jizzax viloyatida 259 tup kannabis o‘simligini tomorqasida parvarishlab, sal kam 15 kg “marixuana” giyohvandlik moddasini uyida saqlab kelayotgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarning birida kannabis yetishtirish va “marixuana” saqlash bilan bog‘liq holat aniqlangan. Tadbir davomida “Sharq yulduzi” mahallasida yashovchi 35 yoshli fuqaroning yashash xonadoni va yordamchi xo‘jaliklari xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan. Mazkur jarayonda ushbu shaxs o‘z tomorqasida 259 tup kannabis giyohvandlik o‘simligini yetishtirib, parvarishlab kelayotgani ma’lum bo‘lgan.
Shuningdek, uning yashash manzilidan umumiy og‘irligi 14 kg 400 g bo‘lgan “marixuana” giyohvandlik moddasi aniqlanib, belgilangan tartibda rasmiylashtirib olingan. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu fuqaro muqaddam o‘g‘rilik qilganligi uchun jazolangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoroda o‘z uyining tomorqasida taqiqlangan giyohvand modda – jami 100 tupdan ko‘p kannabis o‘simligini yetishtirib kelayotgan shaxslar ushlangan edi.
Live
Barchasi