Jizzaxda quriladigan AESning energiya tizimi ishlashiga ta’sirini aniqlash zarur - Qozog‘iston

Jamiyat

image

O‘zbekistonda qurilishi rejalashtirilayotgan atom elektr stansiyasining formati, platformasi va yagona energiya tizimining ishlashiga qanday ta’sir qilishini aniqlash zarur. Bu haqda Qozog‘iston Energetika vaziri Almasadam Satkaliyev hukumat brifingida so‘z ochdi.

“Biz bu loyiha haqida bilmas edik, u tom ma’noda 27 may kuni e’lon qilindi. Endilikda o‘zbekistonlik hamkasblarimiz bilan bog‘lanib, uni amalga oshirish formati, platformasi va bu yagona energiya tizimining ishlashiga qanday ta’sir qilishini aniqlash zarur. Energetika va xavfsizlik masalalari ham muhim. Tez orada muloqot boshlaymiz”, deydi Satkaliyev.

Shuningdek, vazir O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan muzokaralari yakunlari bo‘yicha so‘zlagan nutqidan ham parcha keltirgan.

“U dunyoning deyarli barcha yetakchi davlatlari o‘z energiya xavfsizligini va barqaror rivojlanishini atom energetikasi orqali ta’minlayotganini ta’kidladi. O‘zbekistonning taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo‘yayotgan istiqbollari haqida fikr yuritadigan bo‘lsak, uranning katta zaxiralariga ega va uni uchinchi davlatlarga eksport qilayotgan mamlakat uchun bu loyiha hayotiy ahamiyatga ega”, deydi u.

Ma’lumot uchun, o‘tgan yili Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev mamlakatda atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha umumxalq referendumini o‘tkazishni taklif qilgan. Uning qayd etishicha, Semipalatinsk poligonidagi yadro sinovlari oqibatlari tufayli bu qarorni to‘g‘ri deb hisoblaydi. Sinov poligoniga qo‘shni Qaynar qishlog‘ida sinovlar davomida 396 kishi saraton kasalligidan vafot etgan.

Eslatib o‘tamiz, 27 may kuni Rossiya va O‘zbekiston delegatsiyalari Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Toshkentga tashrifi doirasida respublikada Rossiya loyihasidagi atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha hujjatlar qabul qilingandi. “Rosatom” bosh direktori Aleksey Lixachev Jizzaxda shu yil yozida kam quvvatli atom elektr stansiyasi qurilishi boshlanishini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Jizzax AES energiya tizimi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing