Jizzaxda qulagan binoning omon qolgan qismini buzish boshlandi

Jamiyat

image

Joriy yilning 10 yanvar kuni Jizzax shahrida 6 qavatli bino qulab tushgani haqida xabar bergan edik. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarga ko‘ra, binoning omon qolgan qismini ham buzish ishlari boshlangan.

Video lavhalarda maxsus texnikalarning katta hajmdagi tuproq uyumi ustiga chiqib, binoning devorlarini buzayotganini ko‘rish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 10 yanvar kuni Jizzax shahrida qurilayotgan ko‘p qavatli uylardan biri qulab tushgani haqida xabar bergan edik. Bosh prokuratura holat yuzasidan munosabat bildirib, Jizzax viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 207-moddasi (Mansabga sovuqqonlik bilan qarash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.

Bu orada imorat egasi “Barakali qorako‘l chorvador” fermer xo‘jaligi ekani ma’lum bo‘ldi. Qurilish vazirining o‘rinbosari Kozim To‘laganov holat yuzasidan munosabat bildirib, imorat dastlab 3 qavatli bo‘lishi mo‘ljallangani, keyinroq 6 qavatliga aylantirilganini ta’kidlab o‘tdi.

Keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vaziri Botir Zokirov Jizzaxda qulagan binoda korrupsion sxema bo‘lganini ta’kidladi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

81

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing