Jizzaxda imtihondan o‘tmasdan “prava”lik bo‘lishni taklif qilgan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
04 yanvar
6786Jizzax viloyati Arnasoy tumanida pul evaziga haydovchilik guvohnomasini olib bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, departamentning Arnasoy tuman bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda R.O‘. ismli shaxs fuqaro O‘.O.ga go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasini olish uchun bo‘lib o‘tadigan o‘quv-mashg‘ulotlariga qatnashmasdan "prava" olib berishi evaziga 11 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
"Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda", deyiladi bu haqdagi xabarda.
Avvalroq, Farg‘onada pora evaziga "prava" olib berishni va’da qilgan shaxs ushlangandi.
LiveBarchasi